Янгиликлар
03
Sirdaryolik fuqaro 15 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi
2009-yilda tug‘ilgan sayxunobodlik O. U.ota-onasining e’tiborsizligi tufayli 15 yoshga kirguniga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan xatlov jarayonida yillar davomida yechimsiz qolayotgan ushbu muammo aniqlandi.
- Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomam bo‘lmaganligi sababli jamiyatda hech qachon o‘rnim bo‘lmasligidan qo‘rqib yashadim. Maktabimizda voleybol bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda faol qatnashaman, biroq hujjatim yo'qligi uchun viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarga qatnashish nasib etmagan menga, - deydi u.
Aksiya doirasida adliya va FHDY bo‘limining sa'y-harakatlari hamda Sayxunobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazining amaliy yordami bilan mazkur murojaat ijobiy hal etildi. 2009-yilda dunyoga kelgan O. Uga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.