Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangiyer shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Huquqiy bilimlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi


Ma’lumki, adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida turli uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbir ham yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i H.Sayitov, yuridik xizmat ko‘rstish markazi bosh yuriskonsulti D.Haytaliyev ishtirok etib, Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlarida yoshlar huquqlari haqida keng ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda korrupsiya, odam savdosi, firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mavzuga doir buklet va flayerlar tarqatildi.