Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

YOSHLAR O'RTASIDA SHASHKA VA SHAXMAT BO'YICHA MUSOBAQA O'TKAZILDI


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan biriktiligan yoshlar bilan manzilli  ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik tadbirlari  o‘tkazib kelinmoqda.

Guliston shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan sport tadbirida o‘quvchi yoshlar shashka va shaxmatda raqobatga kirishdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarning topqirligi va zehni, aql-idroki sinovdan o‘tkazildi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa g‘oliblariga badiiy va yuridik adabiyotlar tuhfa qilindi.