Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

FUQARO MUROJAATI QANOATLANTIRILDI


Sirdaryo tuman adliya bo'limiga S.Q murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasiga 1996-yildan buyon yashab kelishini, biroq ro'yxatga qo'yilmaganligi sababli fuqarolik olishda muammolar bo'layotganligini, O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so'radi.

Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. Aniqlanishicha, S.Q oila azoalari bilan 1996-yilda doimiy yashash uchun Tojikiston Respublikasidan doimiy pasport ro`yxatidan chiqib, Sirdaryo tumani “Paxtakor” mahallasiga ko`chib kelgan va ushbu manzilda yashagan.

To'plangan hujjatlarga asosan S.Q manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha Sirdaryo tumani sudiga da'vo arizasi kiritildi.  Natijada sudning hal qiluv qarori bilan S.Qning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik fakti belgilandi.

Sh.Ismoilov,
Sirdaryo tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi