Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

"BUYUK KELAJAK" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev Guliston shahridagi “Buyuk kelajak” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan, 6 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 7 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosi, firibgarlik va boshqa jinoyatlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Shu kuni 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.