Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

«Til tur» aksiyasi o‘tkazilmoqda


Davlat tilida ish yuritish, uning mavqeini yanada oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlarida rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘lami kengligi inobatga olinadigan bo‘lsa, bunda to‘g‘ri yozish va ish yuritish me’yorlariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Ayniqsa,  elektron tizim orqali hujjatlarning rasmiylashtirilayotgani yana bir karra mas’uliyatdir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Til tur” aksiyasi doirasida boshqarma hamda Guliston shahar adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazida o‘tkazilgan tadbir davomida davlat tilida ish yuritish holati ko‘zdan kechirildi hamda orfografik va ish yuritish me’yorlari haqida o'zaro fikr almashildi.

Aksiya doirasidagi tadbirlar davom etadi.