Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Toshkent” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabida "Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi


“Huquqiy axborot” kuni. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga, ayniqsa mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan ushbu loyiha doirasida umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari, huquqiy viktorina, yoshlar bilan turli uchrashuv va davra suhbatlari tashkil qilib borilmoqda.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi va tuman mudofaa bo‘limi hamkorligida “Toshkent” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida keng ma’lumotlar berildi.  Ayniqsa, vatanparvarlik, harbiy kasb mas’uliyati, mashaqqati hamda Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi haqidagi ma’ruzalar yoshlarning ona Vatanga muhabbat va sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati