Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bayram muborak, adliya ayollari!


Ayol – go‘zallik, cheksiz mehr-muhabbat va sadoqat timsoli, u bor maskanga fayz kiradi. U bir vaqtning o‘zida sevimli rafiqa, jonkuyar ona, orasta uy bekasi bo‘lishi bilan birga jamiyat va davlat boshqaruvida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insondir.

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari AShayjigitov tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarini ulug' ayyom bilan samimiy tabriklab, ayollarning jamiyatda, oilada tutgan o'rni beqiyos ekanligini alohida e'tirof etdi.

Tadbir davomida boshqarma yigitlari tomonidan she'rlar o'qilib, bayram tabriklari va ezgu tilaklar bildirildi.

8-mart bayrami adliyaga o'zgacha shukuh va bahor tarovatini olib kirdi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati