Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Korrupsiya - bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat


Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish muhim vazifalardan biri sanaladi. Buning uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyatni his etishi lozim. Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan targ'ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo'ldi.

Adliya va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda  bo'lib o'tgan mazkur tadbirda  dastlab “korrupsiya” so‘zining mohiyatiga alohida urg‘u berildi, korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladiga dahshatli illat ekanligi, uning davlat va jamiyat rivojiga  salbiy ta'siri haqida fir-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ma'ruzachilar tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish tog'risida"gi Qonuni,  “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati