Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sirdaryo viloyat davlat arxivida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi


Guliston shahar adliya bo'limi va Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir adliya organlariga biriktilgan yoshlarni arxiv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadiga qaratildi.

"Ochiq eshiklar kuni"da Sirdaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig`i Sh.Normatov yoshlar bilan muloqot qilar ekan arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shuningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, yoshlar muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda hujjatlarning saqlanishi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni haqida ma'lumot va tushunchalar berildi. Tadbir davomida Yoshlarga sohaga oid videoroliklar ham namoyish etilib, hujjatlar ko'rgazmasi tashkil etildi.