Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

18 yillik nikoh qonuniylashtirildi


Oila – muqaddas qo‘rg‘on. Bu imoratni barpo etish, ikki yoshning boshini qovushtirish uchun ota-bobolarimiz, momolarimiz o‘zgacha yondashgan, o‘ziga xos urf-odat va an’analarga rioya qilgan.

To‘g‘ri-da, milliy qadriyatlarimiz ana shunday sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topadi. Biroq, bu yaxshi niyatlar, orzu-havaslar tantanasi qonuniy tasdiqlansa, u jamiyatning bir bo‘g‘ini sifatida davlat himoyasida bo‘ladi.

Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra, shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan oilalar ham borki, adliya tizimida e’lon qilingan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi ayni shunday muammodan aziyat chekayotgan fuqarolarning mushkulini oson qilmoqda.

Aksiya doirasida o‘tkazilgan xatlov jarayonlarida Sayxunobod tumani "Guliston" mahallasida 18 yildan buyon shar’iy nikohda yashab kelayotgan Eshonqulovlar oilasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat FHDY bo‘limi tomonidan o‘rganilib, hech qanday moneliklar bo‘lmagani bois oilaning muammosiga yechim topildi va ularning qonuniy nikohi qayd etildi.

- Huquqiy aksiya oilamizga chin ma’noda quvonch olib kirdi. Har bir hujjatni o‘z vaqtida rasmiylashtirish kerak ekanligini tushunib yetdim, - deydi K.Eshonqulov.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati