Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

O'ZIMIZ KELDIK


“O‘zimiz keldik”. Aholiga qulaylik yaratish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyihadan bugun xalqimiz mamnun. Boisi soha xodimlari mahallalarda, xonadonlarda, bozorlaru, aholi gavjum joylarda bo‘lib fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Oqoltin tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi tadbir “Ahillik” mahallasida tashkil etildi.  

Tadbir davomida sayyor tartibda aholiga 52 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun arizalar shular jumlasidandir.

Shuningdek, jarayonda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, firibgarlik, odam savdosi, korrupsiya kabi jinoyatlarning huquqiy oqibatlari haqida targ‘ibot materiallari tarqatildi.