Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

EKOLOGIK PARTIYA XODIMLARINING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI


Sirdaryo viloyati ekologik partiya tashkiloti xodimlari hamda tuman (shahar) partiya tashkiloti raislarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-seminarida adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari A.Mavlonov, D. Umurzoqova, S.Xalilov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Seminarda dastlab saylov kodeksining mazmun-mohiyati, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda ekologik qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ekologik qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik masalalari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni  qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.