Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

"BAHOR" MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


“Huquqiy axborot kuni” doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Bahor" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda adliya, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi mas’ullari tomonidan xotin-qizlar va yoshlar muammolari o‘rganildi.

Jarayonda 30 ga yaqin turli mazmundagi huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shundan 5 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 7 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituvga olindi, qolgan murojaatlar bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi, shuningdek bepul dori-darmonlar tarqatildi.