Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR SPORTDA KUCH SINASHDI


Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga to‘rtinchi sektor hududida joylashgan 2 ta mahallada istiqomat qiluvchi 834 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, hudud yoshlari bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan nafaqat yoshlar muammolarini o‘rganish, balki har bir yoshga bilan induvidual yondashib, ularning orzu-intilishlari, takliflari ham o‘rganilmoqda.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni turli to‘garaklarga jalb qilish ham alohida e’tiborda.

Bugungi musobaqada otaliqqa olingan yoshlar sportning uzunlikka sakrash, stol tennisi, turnikka tortilish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Gʻolib va faol yoshlar tuman adliya bo‘limining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.