Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Kontrafakt mahsulotlardan saqlanaylik


Ma’lumki, 2021 yildan boshlab yurtimizda 15 fevraldan 15 martga qadar kontrafaktsiz oy oyligi tadbiri o‘tkazib kelinadi

Xususan, 2021 – 2022 yillarda o‘tkazilgan mazkur oylik doirasida 3004 dan ortiq kontrafakt mahsulotlari realizatsiyasi aniqlangan.

O‘tgan yillar davomida fuqarolarga oziq-ovqat, farmaseftika hamda alkogol mahsulotlari bo‘yicha 10 mingdan ortiq kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatilgan. Ushbu katalogga kiritilgan kontrafakt mahsulotlar ro‘yxatining elektron nus’hasi sanoat mulki muhofazasi portali (ima.uz)ga yuklangan bo‘lib barcha kishilar ushbu portal orqali ro‘yxat bilan tanishish imkoniyatiga ega.

Kontrafakt tovarlar asosan iste’mol mollarida xususan, oziq-ovqat va eng achinarlisi farmasevtika dori vositalarida ham uchrayotganligini aytib o‘tishimiz mumkin.

Bundan tashqari dolzarb muammolardan biri mualliflik va turdosh huquqlar yo‘nalishida: fan, adabiyot, san’at vakillarining mualliflik ijod namunalaridan ruhsatsiz foydalanish holatlari ham juda ko‘p uchramoqda.

Shu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida mulk egasi, o‘z mahsulotini intelektual mulk ob’ektlarining reestridan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Bu uning mahsulotini egalik huquqini himoyalashga yordam beradi. Bugungi kunga qadar, “intelektual mulk ob’ektlarining reestri”ga 400 dan ortiq tovarlar haqida ma’lumot kiritilgan.

Ushbu oylikni o‘tkazishdan maqsad, tadbirkorlarni halol raqobatga undash, tovar brendiga ega ishlab chiqaruvchilar biznesini himoyalash, savdo rastalarida qalbaki mahsulotlar aylanmasini cheklash hamda aholi orasida sifatli va ishonchli mahsulotlarni xarid qilishni targ‘ib qilishdan iboratdir.

  

S.Tog‘aev,

Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i