Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Adliya va yoshlar


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Harbiy prokuratura va Guliston shahar “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda Guliston shahridagi 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatarparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi, yoshlarni qo‘llab-quvatlash borasida qator qonunlar, normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, maktab hududida Milliy gvardiya va Vatanparvar tashkiloti tomonidan harbiy texnikalar, qurol va aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, jangovor tayyorgarlik bo‘yicha yoshlarning ko‘nikmalari shakllantirildi.