Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sport sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida tadbir o’tkazildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida viloyat hududida faoliyat yurituvchi sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida sohada erishilgan yutuqlar sanab o‘tildi. Shuningdek, sohada yo‘l qo’yilayotgan kamchiliklar va ularni yechimi borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida sport tashkilotlarining nodavlat notijorat tashkilotlar sohasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi va bugungi kunda ushbu sohada qonunchilikda amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan tanishtirildi.
Yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollari yuzasidan qonunchilik hujjatlari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.