Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" shiori ostida faxriylar bilan uchrashuv o'tkazildi


Sirdaryo tumani adliya bo'limi xodimlari tashabbusi bilan Sirdaryo tumani Islomobod mahallasida istiqomad qiluvchi istefodagi polkovnik mehnat faxriysi Ergash Abduqodirovning uy muzeyida  yoshlar ushrashuvi bo'lib o'tdi.


Nafaqaga chiqishdan oldin IIV tizimida ko'plab yuqori lavozimlarda ishlab kelgan Ergash Abduqodirov IIVdagi yo'li haqida gapirdi. Ergash Abduqodirov umrining 37 yilini O‘zbekiston Respublikasi IIVga bag‘ishladi. U o‘nlab, balki yuzlab shogirdlarni tayyorladi, ular bugun o‘z tajribalarini keyingi avlodga o‘tkazmoqda.


Shu sababdan, Ergash Abduqodirovning uy muzeyi tashkil etilgan. Ushbu uy muzeyida 3000 dan ortiq noyob kitoblar joy olgan bo'lib, mahalla yoshlariga ziyo ulashib kelmoqda.