Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sirdaryo tumanida "Mening STARTUP loyiham" dasturi yo'lga qo'yildi


Hozirgi kunda yurtimizda yangidan yangi start-up va biznes loyihalari bor yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo bunday yoshlarning loyihalarini ishga tushirish uchun moddiy mablag‘lari yo’qligi achinarli. Jamiyatga foydali g‘oyalarni hayotimizga tadbiq etish, ushbu g’oyalarni moddiy qo’llab-quvvatlash – bugungi kun talabi.


Shu munosabat bilan Sirdaryo tumani adliya bo'limi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligi Sirdaryo tumani bo'limi bilan hamkorlikda "Mening STARTUP LOYIHAM" dasturi yo'lga qo'yildi.


Loyihaning maqsadi yurtimizdagi iqtidorli, tadbirkorlikka qiziquvchan yoshlarning innovatsion g’oyalarini rivojlantirish va ularni amaliyotga joriy qilishga hamda investor topishga ko’maklashishdir.


Yana bir maqsad shundan iboratki, tashkil qilinayotgan uchrashuvlarni suratga olib ularni efirda namoyish etish, yoshlarda bor cheksiz kuch va energiyani to’g’ri sarflash mumkinligini, tengdoshlari qilayotgan yangi innovatsion g’oyalarni ularga ko’rsatish, ularni harakatga undash hisoblanadi.


Loyihani amalga oshirishda ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar tuman bo’ylab startupchilar klubini shakllantirish, investorlarni yoshlar bilan uchrashuvga jalb qilish, loyihaga soha bo’yicha ekspertlarni taklif qilish va ularning bilimlari bilan bo’lishish, start-up loyiha topish, Investor, soha eksperti va startapchi uchrashuvini ta’minlashdan iborat.


Loyihaning ilk uchrashuvi Sirdaryo tumanidagi "Business accelerator"da tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.