Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"ZIYO ULASH" AKSIYASI BOYOVUTDA


Kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng go‘zal niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshilikka yetaklaydigan ma’naviyat sarchashmasidir. Kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi jarayonlarning davomi sifatida "Ziyo ulash" aksiyasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida davom etdi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan "Sovotobod" mahallasida tashkil etilgan kutubxonaning ochilish tadbirida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Unda kitobning ma’naviyat poydevori ekanligi ta’kidlanib, kitobxonlikning yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga alohida urg‘u berildi.

Shu kuni kutubxonaga Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 700 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning  elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi. Shuningdek, bu yerda aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.