Янгиликлар
19
ADLIYADA SUMALAK SAYLI
Yasharish va yangilanish, go‘zallik va nafosat bayrami Navro‘zi olam munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Sumalak sayli” o‘tkazildi.
Tadbir qozonga sumalakni solishdan boshlanib, issiq non va patir, ko‘k pichak, chuchvaralar pishirish, milliy urf-odatlar namoyishiga ulanib ketdi.
Adliya xodimlari to‘kin dasturxon atrofida bayramni munosib nishonladilar. Eng muhimi, “Sumalak sayli” jamoaviylik, o‘zaro hajihatlik, birdamlik muhitini mustahkamlash barobarida milliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etdi.