Янгиликлар
20
ZIYO ULASH
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida "Navruz" bayrami arafasida Sirdaryo tumanidagi "Matonat" mahallasida yoshlar uchun kutubxona tashkil etildi.
Aksiya davomida 300 ga yaqin kitoblar, kompyuter va mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, aholi va yoshlarga o'zbek va jahon adabiyoti durdonalarini o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.