Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

ADLIYA VA YOSHLAR


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, “Bahor”, “Ma’naviyat”, “Madaniyat” hamda “Ulug‘yo‘l” mahallalari hududida joylashgan 1, 3, 4,  14-son maktablari hamda Sirdaryo viloyat Yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar uchun “Bog‘ishamol” mahallasiga sayohat uyushtirildi.

Yoshlar ushbu mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla yettiligi bilan suhbatlashdilar hamda aholi va yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasidagi ishlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.