Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Olis hududdagi maktabga borib ishlaydigan o‘qituvchiga ustama to‘lanadigan bo‘ldi


Umida Xidirova 20 yil ish stajiga ega pedagog. U Guliston shahrida doimiy ro‘yxatda tursada, Mirzaobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda.

U.Xidirova olis hudud hisoblangan maktabda faoliyat yuritgani bois bazaviy tarif stavkasining 50 (ellik foiz) miqdorida qo‘shimcha har oylik maxsus ustama belgilanishi yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqarilgan bo‘lishiga qaramasdan, unga bugungi kunga qadar ustama to‘lab berilmagan.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan ushbu mazmundagi fuqaro murojaati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi va ko‘rsatilgan vaj asosli bo‘lib chiqdi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarorida olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib maxsus ustamalar berilishi belgilangan.

E’tiborlisi, qarorning 2-bandida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, U.Xidirova faoliyat olib borayotgan maktab ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Yuqoridagilarga asosan Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan Mirzaobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan xodimning huquqlari tiklanib, ustama pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.



Hokimbek Erkaboyev,

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i