Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Orifjon 20 yoshida qayta tug'ildi


“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi tug‘ilganlik, yaqin insonining o‘lim faktini belgilash, nikoh guvohnomasini yillar davomida ololmay ham huquqiy, ham amaliy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning mushkulini oson qilmoqda.

Sayxunobod tuman FHDY bo‘limi tomonidan aksiya doirasida ko‘plab fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal etildi.

Jumladan, sayxunobodlik Orifjon Kozuyevning 20 yillik orzusi ushaldi. U Qirg'iziston Respublikasida tug'ilib, bolalik vaqtlarida O'zbekistonga ko‘chib kelgan va hozirda Sayxunobod tumani “Mustaqillik” mahallasida istiqomat qiladi.  Ehtiyotsizlik sabab tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygan edi.

Adliya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan xatlov davomida O.Kuziyevning murojaati qabul qilinib, zarur hujjatlar to‘plandi. Tuman FHDY bo'limi orqali xalqaro konvensiyadan foydalangan holda unga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati