Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

RAYHONA ENDI MAKTABGA BORADI


#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Har bir hujjat qimmatli ma’lumotdir.  Har bir fuqaro tug‘ilganlik guvohnomasiga yoki boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda birgina hujjatning mavjud emasligi ovorayu-sarsongarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi aholining shu kabi huquqiy muammolariga yechim bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mirzaobod tumani "Bahoriston" mahallasida yashovchi fuqaro Kamoliddin Rejabovning qizi Rayhona Muxitdinova 2017-yil 1-yanvarda tug‘ilgan, biroq ba’zi bir sabablarga ko‘ra hozirgi kunga qadar unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmagan.

Aksiya doirasida FHDY bo‘limi tomonidan Kamoliddin Rejabavning murojaati qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, farzandi Rayhona Muhitdinovaga muddati o‘tgan tug‘ilish qayd etildi hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi.