Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

"ZIYO ULASH" AKSIYASI SARDOBADA


"Ziyo ulash" aksiyasi Sardobada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida davom etdi. Tuman markazidan qariyib 40  km uzoqlikda joylashgan "Bo‘ston" mahallasida bugun kutubxona tashkil qilindi.

Kutubxonaning ochilish tadbirida tuman hokimi A.Mirzayev, sektor rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

“Ziyo ulash” chellenji doirasida kutubxonaga Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 800 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning  elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga kitob javonlari, kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.