Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi


Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–10-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi

Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta'minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Institut, jumladan:

respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi;

jamoatchilik o'rtasida shov-shuvga sabab bo'lgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko'maklashadi;

kriminologiya sohasi bo'yicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi.

Institut o'z vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga to'sqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi ma'lumotlarni o'zgartirishi uchun ta'sir ko'rsatish taqiqlanadi.