Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi


Mamlakatimizda  korrupsiyaga  qarshi kurashish  hamisha dalzarb ahamiyat kasb etgan.
Jamiyat rivojiga to‘siq bo‘luvchi,  taraqqiyotni tanazzulga olib keluvchi bunday salbiy illatga qarshi qat’iy va prinsipiallik bilan kurashish har bir fuqaroning burchidir.
Zotan  xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatilmas ekan, unga qarshi samarali kurashni tashkil etish mushkul.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida  ayni mavzuda so‘z bordi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova  "Korrupsiyaga qarshi kurashish" to‘g‘risidagi Qonun hamda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.