Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yoshlar bilan muloqot o'tkazildi


Yoshlar ertamiz egalari, ularning kelajagi millatning shirin tashvishidir. Mamlakatimizda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki bir qator tashkilotlar va idoralar ham mas’ul etib belgilangan.Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan ham yoshlar bilan ishlash borasida tizimli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Hamkor tashkilotlar birgalikda Yangiyer shahar 5-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida huquqbuzarliklar profilaktikasi va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga alohida yondashildi.

Ma’lumki, yoshlar asosan bekorchiligi, e’tiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muloqot mobaynida yoshlarni har bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, o‘z ustida ishlash va bilim olishga intilish, eng muhimi ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish zarurligi mas’ullar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarning ta'lim sohasidagi huquqlari va ularning himoyasi haqida fikr-mulohazlar bildirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati