Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI


Mehnat qilish huquqi insonning barcha huquq va erkinliklarining asosidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mirzaobod  tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati va mehnat qonunchiligi keng targ‘ib qilindi.