Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yuridik texnikumda "Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi" aniqlandi


Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi" tanlovi mazkur muassasada faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik lisey o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, fanlar bo‘yicha qiziqarli va interfaol metodlarni ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, o‘qituvchilar mas’uliyatini yanada oshirish, malakali o‘qituvchilar zaxirasini yaratishga qaratilgan.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabki bosqich ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” tanlovida 6 nafar mahoratli pedagog o‘zaro bellashdi.

Bunda har bir o‘qituvchi tomonidan tanlov o‘tkazilayotgan davrda amalga oshirilgan ishlari, ko‘rsatkichlari, soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va yangiliklarni joriy etish bo‘yicha g‘oyalari, notiqlik mahorati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki kabi mezonlar asosida hududiy komissiya tomonidan xolis va shaffof baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rin Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya fani o‘qituvchisi Dilshod Lapasovga, 2- o‘rin Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi Sherzod Yo‘ldoshevga nasib etdi. Yuristlar uchun ingliz tili fani o‘qituvchisi Hasan Abduvoitov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda nomzod sifatida tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Gʻoliblar faxriy yorliq hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati