Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Oila va xotin-qizlar tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilning istiqbolli rejalar muhokama qilindi


Bugun Guliston shahar hokimligi kata majlislar zalida “Oila va xotin-qizlar tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilning istiqbolli rejalari” mavzusiga bag'ishlangan "Yil sarhisobi" yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dastlab  Sirdaryo viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i N.Tojiboyeva tizim faoliyati hamda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Shundan so‘ng Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova so‘zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Tadbirda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tashqi mehnat va migratsiya viloyat bo‘limi vakillari o'z hisobotlari bilan ishtirok etishdi.