Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Fuqarolik protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi


O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi 887-sonli “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” to‘g‘risidagi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksiga tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishini, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida qayta ko‘rilishini, shuningdek apellyasiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinishini hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Sanjar Mirzabaev,
FIB Gulisnon tumanlararo sudi sudyasi