Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

KONSTITUTSIYA - INSON HUQUQLARI KAFOLATI


Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi majlislar zalida mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbir tashkil qilindi.Unda Adliya bo`limi boshligi A.Ziyayev ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Muloqot mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil qilish va o‘tkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati