Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangiyerda “Mehnat huquqlarimizni o’rganamiz” huquqiy aksiyasi o'tkazilmoqda


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 1-iyundan 1-avgustgacha “Mehnat huquqlarimizni o’rganamiz” huquqiy aksiyasi e’lon qilingan bo'lib, ayni kunlarda aksiya doirasida Sirdaryo viloyatida keng ko‘lamli targ'ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yangiyer shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi xodimlari qamrab olindi.

Muloqot mobaynida Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mehnat shartnomasi, uni tuzish, qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, bekor qilish, ta’tillar, asosiy ta’tillar va qo’shimcha tatillar, ta’tillarning turlari, tatillarni berish, tatildan chaqirib olish tartiblari, tashkilotlarning jamoa shartnomalari va ulardan foydalanish tartiblari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, saylov qonunchigi  hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati