Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xovos tumanida Davlatimiz rahbarining farmonlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi


So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida eng quyi bo‘g‘in – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim yaratilayotganini alohida taʼkidlash lozim. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham xotin-qizlar va ayollarning erkinliklari, manfaatlari, huquqlari hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishi belgilab qo‘yildi.

Bugun 6-iyun sanasida Xovos tumani hokimligining kichik majlislar zalida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda yangilangan konstitutsiyada xotin-qizlarga berilgan imkoniyatlarni ularga yetkazish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda, Xovos tumani hokimi o‘rinbosari S.Babayeva, viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi D.Umurzoqovaning mavzu yuzasidan chiqishlari tinglandi. Muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil qilish va o‘tkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari haqida keng maʼlumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati