Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitutsiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir”, deb belgilangan.

(https://lex.uz/docs/6445145#6445182)Davlat ramzlari davlat mustaqilligining belgilaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz ramzlarida xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, taraqqiyot yo‘li aks ettirilgan. Har bir davlat ramzi bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilingan.

Xususan, 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i” to‘g‘risidagi, 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi” to‘g‘risidagi, 1992-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi” to‘g‘risidagi qonunlar bilan davlat ramzlarining shakli, tuzilishi, ulardan foydalanish tartibi belgilangan.

Har bir qonunda fuqarolar, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlarini hurmat qilishlari shart ekanligi mustahkamlangan.

Davlat ramzlarining himoyasini ta’minlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun ma’muriy (https://lex.uz/docs/-97664#-5452865) va jinoiy (https://lex.uz/docs/-111453#-266598) javobgarlik belgilangan.