Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida


Yangiyer shahar hokimligi majlislar zalida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda yangilangan Konstitutsiyada xotin-qizlarga berilgan imkoniyatlarni ularga yetkazish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda, Yangiyer shahar hokimi o‘rinbosari B.Beknazarova, Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i L.Xudoyqulovning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda yangi tahriridagi Mehnat kodeksi, Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirilib, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari borasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga savollariga batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati