Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAYYOR QABULLAR - MUAMMOLAR KALITI


Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash davlatimiz siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridandir. Bu ezgu tamoyil hayotimizda o‘z ifodasini topib kelmoqda.
Ayniqsa, sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali usuliga aylandiki, bu aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish imkonini bermoqda.
“Inson huquqlari – oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Yangiqishloq” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda  ham aholining muammolari o‘rganildi hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim topish choralari ko‘rildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul davomida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 4 nafar fuqaroning murojaati o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.