Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yoshlar – ertamiz egalari


Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, intellektual rivojlanishi, iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun bugun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari davlatimiz e’tiborida.

O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda mastahkam huquqiy asosdir.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi kotibiyati, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida mazkur Qonun mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.

Tadbirda dastlab Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unda yoshlarning jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishni ko‘zlab kiritilgan yangi normalar haqida to‘xtalib o‘tildi. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunni yoshlarning takliflari asosida qayta ko‘rib chiqish masalasi yoshlar bilan uchrashuv mobaynida qizg‘in bahs-munozara muhitini yaratdi.

So‘zga chiqqan yoshlar o‘z takliflarini ilgari surar ekan, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda izchil davom ettirilayotgani, bu islohotlar yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor yosh avlodni tarbiyalash kafolati ekanligi alohida qayd etildi davra suhbatida.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar bilan fikr-mulohazalar almashildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati