Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

INSON HUQUQLARI - OLIY QADRIYAT


"Temur Malik" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

«Inson huquqlari oliy qadriyat» huquqiy aksiyasi doirasida, Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i L.Xudoyqulov, DXM direktori O.Nazarov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig'i o‘rinbosari N.Bobonov hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 12-iyun kuni "Temur Malik"  MFYda sayyor qabul o'tkazildi.

Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir murojaat bo'yicha huquqiy yechim izlandi. Fuqaro Y.Butavina farzandini uyiga propiskaga qo‘yishda muammolarga duch kelmoqda. U ushbu murojaat bilan mas'ullarga yuzlandi.


Fuqaro N.Xolturayeva moddiy yordam olishda amaliy yordam so'radi. Bundan tashqari, farzandlinini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo'yishda davlat xizmatlari markazi ko'magidan foydalandi.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin turli mazmunda murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 10 tasiga joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, o'rganish muddat talab qilaadigan 10 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida xalq bilan muloqotlar davom etmoqda.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati