Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega


“Mehnat huquqlarimizni o’rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida Sirdayo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida seminar tashkil etildi.


Muloqot mobaynida Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mehnat shartnomasi, uni tuzish, qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, bekor qilish, ta’tillar, asosiy ta’tillar va qo’shimcha tatillar, ta’tillarning turlari, tatillarni berish, tatildan chaqirib olish tartiblari, tashkilotlarning jamoa shartnomalari va ulardan foydalanish tartiblari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.


Shuningdek, uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, saylov qonunchigi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-67-son Farmoni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati