Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" aksiyasi doirasida"Bunyodkor" mahallasida ommaviy qabul o'tkazildi


Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Inson huquqlari - oliy qadriyat" aksiyasi bo'yicha Sirdaryo tumanida huquqiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.Xususan, aksiya doirasida adliya bo'limi boshlig'i K.Ernazarov boshchiligida  "Bunyodkor" mahallasida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda tuman adliya bo'limi (FHDY, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi), tuman hokimligi hamda "Bunyodkor" MFY mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

O'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarga mehnat, ijtimoiy yordam, aliment, uy-joy, subsidiya, meros va boshqa masalalarda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida 14 dan ortiq fuqarolar qabul qilinib, 10nafar murojaatchilarga shu joyning o'zida huquqiy tushuntirishlar berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga sayyor qabulga kelish imkoniyatiga ega bo'lmagan fuqarolarning xonadonlariga borildi. Ular bilan yuzma-yuz muloqot davomida muammolari o'rganildi. Shu erning o'zida davlat xizmatlari ko'rsatish orqali muammolar hal etildi.