Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

SAYYOR QABUL MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI


Oysafar Imamkulova Guliston tumani "Furqat" mahallasida istiqomat qiladi. Oysafar opa sanatoriyaga yo‘llanma olishga davlat xizmatlari markazi orqali navbatga qo‘yilishi haqida eshitgan edi, biroq markazga borishga vaqti bo‘lmadi. Hududda tashkil etilgan sayyor qabul opa uchun ayni muddao bo‘ldi. Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adxam Shayjigitovning sayyor qabulida sanatoriyada yo‘llanma olish uchun navbatga qo‘yish masalasida Oysafar Imamkulova singari Dilrabo Abduraimova, Marhabo Isakovalarning ham murojaati tinglandi va joyida amaliy yordam ko‘rsatilib, ijobiy hal qilindi.

Sayyor qabulda Barno Biturayeva uy-joy uchun subsidiya olish masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, Marhabo Isakova qizi Maftuna Joʻraboyevaga koʻzi ojizligi sababli nogironlik pensiyasi tayinlashda ko‘mak so‘radi.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib 4 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 9 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi, 10 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Sayyor qabul nafaqat aholi muammolarini o'rganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham berdi. Jarayonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bir so‘z bilan aytganda, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining fuqarolar bilan muloqoti samarali bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati