Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

HUQUQIY AKSIYA BOYOVUTDA


Inson huquqlari - oliy qadriyat. Bugun ushbu tamoyil adliya organlari faoliyatida bosh mezon sifatida belgilandiki, ayni kunlarda o'tkazilayotgan huquqiy aksiya fikrimizni dalillaydi. Huquqiy aksiyaning maqsadi aholi muammolarini o'rganish, murojaatlarga huquqiy yechim topish.

Boyovut tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY xodimlari tomonidan "Bekat" MFYda ommaviy sayyor qabuda ham aholi murojaatlari qabul qilinib, muammolar o'rganildi.

Muloqotda 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 7 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi. Qolgan murojaatlar bo'yicha qonunchilik talablari asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul jarayonida jami 13 ta davlat xizmati ko‘rsatildi, Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish, my.gov.uz tizimi orqali mustaqil ravishda davlat xizmatlarini olish, elektr energiyaga ulanish, suvga ulanish, elektron raqamli izmo kalitini olish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga ro‘yxatga qo‘yish shular jumlasidandir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

  
   Shuningdek ishtirokchilarning mehnat qonunxujjatlari haqida huquqiy yordam berildi.