Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

(https://lex.uz/docs/6445145#6445229)Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.