Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

YOSHLAR MUAMMOLARI O'RGANILDI


Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yosh avlodga nisbatan e’tibor kuchaydi. Ayniqsa, “Yoshlar daftari” tizimining joriy etilgani yoshlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bor ishsiz yoshlarni qo‘llab- quvvatlashda ahamiyati katta. Shuningdek, “mahallabay” o‘rganishlar asosida yoshlar muammolari o‘rganilmoqda.

Yoshlar muammolarini aniqlash va ijobiy hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur huquqiy maslahatlar berish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov Guliston shahar “Bo‘ston” mahallasi 2-sektor hududidagi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi. Muloqot mobaynida yoshlar o‘z muammolari, istak va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

«Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi Sirdaryo viloyat bo‘limi tomonidan yoshlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida har bir murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati