Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda


Inson huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash davlatimiz siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridandir. Ayniqsa, sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali usuliga aylandiki, bu aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish imkonini bermoqda. Ayni kunlarda adliya tizimida o‘tkazilayotgan “Inson huquqlari – oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi mahallalarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etish orqali fuqarolarning muammolarini o‘rganish, murojaatlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish, shuningdek fuqarolarga sayyor xizmatlarko‘rsatishdek ezgu maqsadlarni ko‘zlaydi.

Aksiya doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitovning Mirzaobod tumani “Toshkent” mahallasida o'tkazgan sayyor qabuli davomida aholi vakillari o‘z muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Nodirjon Yusupov 2-guruh nogironi, “Temir daftar”da ro‘yxatda turadi. Sayyor qabulda u moddiy yordam olish masalasida mas’ullarga yuzlandi. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi tibbiyot muassasalaridan birida hamshira bo‘lib ishlagan Yulduz Jamasheva Mirzaobod tumaniga kelin bo‘lib tushgach, oila, farzandlar tarbiyasi bilan band bo‘lib mehnat faoliyatini davom ettira olmadi. Sayyor qabulda Yulduz Jamasheva ishga joylashishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.

Tadbirda aholining barcha muammolarini shu joyning o‘zida yechishga harakat qilindi. Masalan, Eshqo‘zi Pardaboyev, Dilbahor Akilovaning ichimlik suvi va ekinlarni sug‘orish uchun oqin suv muammosi bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yechim izlandi.

Sayyor qabulga Mirzaobod tuman “Toshkent” mahallasi 4-sektor rahbari, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas'ullari, mahalla raisi, mahalla xotin-qizlar faoli, Mirzaobod tuman suv ta’minoti bo‘limi va boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida tezkorlik bilan hal etish imkoniyatlarini yaratdi.

Sayyor qabul davomida 30 dan ziyod murojaatlar qabul qilindi. Shundan 10 ta murojaat yuzasidan joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 8 ta murojaat ish yurituviga olindi. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid 20 ga yaqin murojaatlar shu yerning o‘zida qanoatlantirilib, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida joylarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati